
Tim Xovard dunyoning eng yaxshi 5 ta darvozaboni kimligini aytdi
AQShlik mashhur darvozabon Tim Xovard dunyoning ayni damdagi eng zo‘r darvozabonlarini sanab o‘tdi.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra Xovard bu ro‘yxatga Manuel Noyer ("Bavariya"), Alisson Beker ("Liverpul"), David de Xea ("Manchester Yunayted"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona") va Yan Oblaklarni ("Atletiko") kiritdi.
Ma’lumot uchun, Xovard faoliyati davomida "Nort-Jersi Imperials", "Metro Starz", "Manchester Yunayted" va "Everton" klublarida to‘p surgan. U ayni damda "Kolorado Repidz" sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar